Kattalar va yoshlar (U-20) o‘rtasida og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston kubogida Termiz davlat universiteti talabasi Ibragimov Komiljon 60 kg vazn toifasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Komiljon dast ko‘tarishda 98 kg, siltab ko‘tarishda esa 121 kg natija qayd etib, o‘z vazn toifasida barcha raqiblarini ortda qoldirdi.
Yosh sportchining ushbu natijasi voha sporti uchun munosib yutuqlardan biridir.

