O‘zbek alifbosiga o‘zgartirish kiritildi

Date:

Senat lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga oid qonunni ma’qulladi. Unga ko‘ra, amaldagi alifbodagi ayrim harflar o‘zgartirilib, alifbo 28 ta harf va bitta tutuq belgisidan iborat bo‘ladi.

Yangi tahrirda G‘ g‘ harfi Ğ ğ, O‘ o‘ — Ö ö, Sh sh — Ş ş, Ch ch — Ç ç shakliga o‘tkaziladi. Bu o‘zgarishlar bir tovush — bir harf tamoyilini ta’minlash hamda o‘zbek tilini raqamlashtirish jarayonidagi texnik muammolarni kamaytirishga qaratilgan.

Qonunga ko‘ra, yangi alifboga o‘tish davrida amaldagi alifboda rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlarning muomalada bo‘lishiga to‘sqinlik qilinmaydi. Ayrim peshlavha va ramziy belgilardan esa belgilangan muddatgacha foydalanishga ruxsat beriladi.

Qonun qabul qilingan kundan olti oy o‘tib kuchga kiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun