Sport vaziri Adham Ikramov boshchiligidagi yig‘ilishda vazirlik tizimidagi sport maktablari faoliyatini reyting asosida baholash mezonlarini takomillashtirish masalasi muhokama qilindi.
Yangi tartibga ko‘ra, sport maktablari joylashuvi va yaratilgan sharoitlardan kelib chiqib, viloyat, tuman-shahar markazlari hamda olis hududlar kesimida alohida mezonlar asosida baholanadi. Ixtisoslashtirilgan sport maktablari esa sport yo‘nalishlari bo‘yicha alohida mezonlar asosida reytingdan o‘tkaziladi.
Eng yuqori natija qayd etgan muassasalarni bir martalik pul mukofoti va “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan rag‘batlantirish, past ko‘rsatkichga ega rahbarlarga esa intizomiy choralar qo‘llash rejalashtirilmoqda.

