Yosh talabi tushirilishi mumkin

Date:

Sudyalarning huquqiy va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda sud hokimiyati mustaqilligini yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi qonun loyihasi Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda qabul qilindi. «Sudyalarning maqomi to‘g‘risida»gi qonun loyihasiga ko‘ra, sudya va xalq maslahatchilari uchun amaldagi 35 yoshli yosh chegarasini 30 yoshga tushirish taklif etilmoqda.

Shuningdek, sudyalarni lavozimga tayinlash tartibini o‘zgartirish ko‘zda tutilgan. Unga ko‘ra, sudya dastlab 5 yil muddatga, keyinchalik esa muddatsiz davrga tayinlanishi mumkin. Loyihada sudya, sud raisi va uning o‘rinbosari lavozimlariga nomzodlarga qo‘yiladigan ayrim talablarni kuchaytirish, sudyalar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishga oid normalar ham belgilangan.

Yana bir muhim yangilik — «iste’fodagi sudya» institutini joriy etish taklif qilinmoqda. Bunday sudyalarga professional mediatorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini berish nazarda tutilgan. Qonun loyihasi ikkinchi o‘qishga tayyorlanish jarayonida deputatlarning taklif va tavsiyalari asosida takomillashtiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim-tarbiya jarayoni o‘rganildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev Surxondaryoga...

Muammolar joyida hal

Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov “Oqarbuloq” mahallasida aholi bandligini...

O‘zbek alifbosiga o‘zgartirish kiritildi

Senat lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga oid qonunni...

TerDU talabasi kubok g‘olibi

Kattalar va yoshlar (U-20) o‘rtasida og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston...
KunTun
KunTun