Loqaydlikka o‘rin yo‘q

Date:

Bugungi globallashuv davrida jamiyatda yuz berayotgan jarayonlarga befarq bo‘lmaslik, ayniqsa, yoshlar hayotiga xavf solayotgan illatlarga qarshi kurashish har bir insonning burchidir. Ana shunday xavfli illatlardan biri — giyohvandlikdir. Mamlakatimizda giyohvandlikning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Zero, inson o‘z oilasi, farzandlari va Vatanini bunday illatlardan asrashga munosib hissa qo‘shishi lozim.
Termiz shahar Madaniyat bo‘limida ham xodimlarni ogohlikka chorlash, giyohvandlikning ayanchli oqibatlarini keng jamoatchilikka yetkazish va targ‘ibot ishlarini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda shahar hokimligi, madaniyat muassasalari va boshqa tashkilotlar hamkorligida ta’lim muassasalari hamda mahallalarda muntazam tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Tadbirlarga yoshlar, nuroniylar va mahalla faollari jalb etilib, giyohvandlikning inson salomatligi, oilasi va jamiyat hayotiga yetkazadigan zarari haqida tushuntirishlar berilmoqda. Targ‘ibot jarayonida ma’ruzalar bilan bir qatorda, mazmunli sahna ko‘rinishlaridan ham foydalanilmoqda.
Bunday tadbirlarning asosiy maqsadi — yoshlar orasida giyohvandlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularni zararli illatlardan asrash va sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirishdir. Zero, giyohvandlikka qarshi kurashda loqaydlikka o‘rin yo‘q. Bu illatning oldini olish — barchaning umumiy vazifasi.

Bahrom PIRNAZAROV
Termiz shahar madaniyat
bo‘limi rahbari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun