Har nafasing bizga bog‘liq tabiat

Date:

Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi tashkil topgan kun munosabati bilan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Termiz shahar partiya tashkiloti tashabbusi bilan Termiz hayvonot bog‘ida ekologik-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.Unda yovvoyi hayvonlarni asrash, biologik xilma-xillikni muhofaza qilish va yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish masalalariga e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar hayvonot bog‘idagi jonivorlarning yashash sharoiti, oziqlanishi va parvarishi bilan yaqindan tanishdilar.
Zero, tabiatdagi har bir jonzot ekologik muvozanatning muhim bo‘g‘ini. Bir turning kamayishi yoki yo‘qolishi butun ekotizimga ta’sir qilishi mumkin. Shu bois tabiatni asrash — faqat mutaxassislarning emas, barchamizning umumiy mas’uliyatimizdir. Tadbir davomida ta’kidlanganidek, ekologik madaniyat, avvalo, tabiatga bo‘lgan munosabatdan boshlanadi. Ayniqsa, yosh avlod qalbida jonivorlarga mehr, tabiatga e’tibor va mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirish muhim.
Tabiatni asrash — undagi hayotni asrashdir. Har bir jonzotga ko‘rsatilgan e’tibor esa kelajak uchun qoldirilgan ezgu merosdir.

Sabohat Jumayeva,
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Termiz shahar
partiya tashkiloti raisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun