Soniyaning qadri bor

Date:

“Olmaliq KMK” AJ “Xondiza” kon boshqarmasiga qarashli konlarda 10-AHKQV ga tegishli “Xondiza” harbiylashtirilgan kon-qutqaruv vzvodining maxsus taktik-o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Tadbirda vzvod komandirlar tarkibi, shaxta muhandis-texnik xodimlari va ishchi xodimlar ishtirok etdi.O‘quv mashg‘ulotida favqulodda hodisa, ya’ni shaxta ichida odam zararlanishi ssenariysi ishlab chiqildi. Qutqaruvchilar guruhi zudlik bilan saflanib, jihozlarini tekshirdi, buyruq oldi va yer ostiga tushdi. Qalin tungi zulmatda, faqat himoya bosh kiyimi chiroqlari yorug‘ida, nafas moslamalari ishlab turgan holda — qutqaruvchilar jabrlanuvchini topish va xavfsiz joyga olib chiqish uchun tunnel bo‘ylab olg‘a intildi.
Jabrlanuvchi topildi. Shaxta yo‘lagining o‘rtasida, qorong‘ilik qa’rida — qutqaruvchilar uni ko‘tarib, cho‘zilgan qatorga tizilgan holda harakatlana boshladi. Har bir qadam o‘lchab qo‘yilgan, har bir harakat koordinatsiyalashgan — bu odamlarning mashg‘ulot ko‘rganligini emas, hayotni qadrlashini ko‘rsatardi.
Jabrlanuvchi yer yuzasiga olib chiqilgach, guruh to‘xtamadi. Asfalt ustida, ochiq havoda, DPPA apparati yonida shifokor bilan birgalikda sun’iy nafas berish va birinchi yordam ko‘rsatish boshlandi. Yelkadagi og‘ir apparatlar hali ham olinmagan, ko‘zlar esa hushyor va diqqatli edi. Atrofni kuzatayotgan har bir mutaxassis bilar edi: bu yerda bir soniyaning ham ahamiyati bor.
“Xondiza” harbiylashtirilgan kon-qutqaruv vzvodi 15 yildan ortiq vaqt davomida “Olmaliq KMK” AJ konlarida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 30 nafardan ortiq professional qutqaruvchidan iborat bo‘linma zaharli gazlardan himoyalovchi nafas olish apparatlari, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish vositalari hamda avariyalarni bartaraf etishga mo‘ljallangan maxsus asbob-anjomlar bilan ta’minlangan.
Bunday mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi — qutqaruvchilarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, favqulodda vaziyatlarda tezkor va muvofiqlashtirilgan harakat qilish qobiliyatini oshirish, shuningdek, mavjud kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etishdir.
Mashg‘ulot davomida qutqaruvchilarning tayyorgarlik darajasi, maxsus jihozlardan foydalanish ko‘nikmasi va jamoaviy harakatlari sinovdan o‘tkazildi. Natijalar mas’ullar tomonidan tahlil qilinib, mashg‘ulot belgilangan maqsadlarga muvofiq o‘tkazilgani qayd etildi.
Kon-qutqaruvchining ishi faqat favqulodda vaziyat yuz berganda harakat qilishdan iborat emas. U doimiy tayyorgarlik, intizom, jasorat va mas’uliyatni talab qiladi. Chunki yer ostida har bir soniya muhim. Har bir to‘g‘ri harakat esa inson hayotini saqlab qolishga xizmat qiladi.

“Xondiza” HKQV
matbuot xizmati

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

O‘zbek alifbosiga o‘zgartirish kiritildi

Senat lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga oid qonunni...

TerDU talabasi kubok g‘olibi

Kattalar va yoshlar (U-20) o‘rtasida og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston...

Faoliyati yangi mezonlar asosida baholanadi

Sport vaziri Adham Ikramov boshchiligidagi yig‘ilishda vazirlik tizimidagi sport...

Birinchi qavatdan tijoriy maqsadda foydalanish mumkin

Ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatidagi xonadonlardan tadbirkorlik maqsadida foydalanish...
KunTun
KunTun