Yer solig‘idan kimlar ozod etiladi?

Date:

Amaldagi tartibga ko‘ra, ayrim toifadagi fuqarolarga jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar beriladi. Bu imkoniyatdan foydalanish shartlari qonunchilikda aniq belgilangan. Jumladan, urush nogironlari va qatnashchilari, qonunchilikda ularga tenglashtirilgan shaxslar, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar yer solig‘idan ozod etiladi.
Mazkur imtiyoz soliq to‘lovchining tanloviga ko‘ra faqat bitta yer uchastkasiga nisbatan qo‘llaniladi.
2025-yil 1-iyuldan boshlab nogironligi bo‘lgan shaxslarga qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlari alohida murojaat talab etilmasdan, proaktiv shaklda qo‘llaniladi. Axborot tizimlarida zarur ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan hollarda esa imtiyozga bo‘lgan huquq pensiya guvohnomasi, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi ma’lumotnomasi yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlar bilan tasdiqlanishi mumkin. Shuningdek, Soliq kodeksining 436-moddasiga ko‘ra, imtiyoz qo‘llanilayotgan
uy-joy nogironligi bo‘lgan shaxs nomida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.
Shu bois soliq imtiyozidan foydalanishda yer uchastkasi va uy-joyga oid ma’lumotlarning qonunchilik talablariga muvofiqligiga e’tibor qaratish muhim.

Otabek Abduvoitov,
Uzun tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun