Sariosiyo tumanidagi “Kelajak sari” MFYda “Og‘ir mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi. Mahalladagi muammolarni bartaraf etish va infratuzilmani yaxshilash uchun 3 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. O‘rganishlar xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Boyqulov boshchiligida, 46-“Obizarang” saylov okrugidan saylangan deputat A.A.Axmedov saylov okrugiga tegishli mahallalarda olib borildi. Unda tuman Kengashi raisi M.Ashurov, mahalla faollari va mas’ullar ishtirok etdi.
Jarayon davomida dasturda belgilangan vazifalar ijrosi, mablag‘larning maqsadli sarflanishi, loyihalarning sifati hamda aholi muammolarini hal etish bo‘yicha ishlar ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va loyihalarni o‘z vaqtida, sifatli yakunlash yuzasidan mas’ullarga tavsiyalar berildi. Shuningdek, mahalla yettiligi vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, aholi bilan ishlash, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va muammolarga manzilli yechim topish masalalariga e’tibor qaratildi.

