Banan yetishtirishda yangicha yondashuv

Date:

Surxondaryoning issiq iqlimi qishloq xo‘jaligida yangi yo‘nalishlarni rivojlantirish uchun keng imkoniyat yaratmoqda. Sho‘rchi tumanida esa issiqxona sharoitida banan yetishtirish bo‘yicha amaliy tajriba ommalashtirilmoqda. Obodon mahallasidagi bananchilikka ixtisoslashtirilgan issiqxonada tuman hokimligi, qishloq xo‘jaligi bo‘limi, Agroximatlar markazi va Bog‘dorchilik agentligi hamkorligida amaliy seminar tashkil etildi.

Unda banan yetishtirishning zamonaviy agrotexnologiyasi — nav va ko‘chat tanlashdan tortib, ekish, parvarishlash, o‘g‘itlash, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish, hosilni yig‘ish hamda saqlashgacha bo‘lgan jarayonlar yuzasidan mutaxassislar tavsiyalari berildi.

Seminar ishtirokchilariga “Surxondaryo viloyati issiqxonalarida banan yetishtirish texnologiyasi” bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyanomalar ham tarqatildi. Bunday amaliy seminarlar ilmiy yondashuv va ilg‘or tajribani ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtirib, issiqxona xo‘jaliklarida yangi, daromadli yo‘nalishlarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun