Yoshlar murojaati — nazoratda

Date:

Yoshlarning muammolarini joyida o‘rganish, murojaatlarini tinglash va ularga amaliy yechim topish Surxondaryoda alohida e’tibor markazida.

Viloyat DXX boshqarmasi boshlig‘i Aliyor Eshmatovning hududlarda yoshlar bilan o‘tkazayotgan ochiq muloqotlari davomida ularning taklif va muammolari bevosita o‘rganilib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Ana shunday uchrashuvlardan biri Muzrabot tumani hokimligida o‘tkazildi. Unda viloyat va tuman darajasidagi mas’ul rahbarlar hamda 72 nafar muammoli yosh ishtirok etdi.

Ochiq muloqot davomida yoshlarning bandlik, ta’lim, tadbirkorlik, ijtimoiy himoya va boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglandi. Har bir murojaat yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar belgilanib, masalalarni qisqa muddatlarda qonuniy va ijobiy hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olinib, yoshlarga shunchaki va’da emas, amaliy ko‘mak ko‘rsatishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

Bunday uchrashuvlar yoshlar va davlat idoralari o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlash, muammolarni joyida aniqlash hamda ularga manzilli yechim topishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muammolar va bunyodkorlik ishlari o‘rganildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida bo‘lib, hududdagi...

Har bir xonadon — e’tiborda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumani Duoba mahallasining...

Tursunzodada do‘stlik va qardoshlik tarannum etildi

Tojikiston Respublikasining davlat mustaqilligi 35 yilligi munosabati bilan Tursunzoda...

Sariosiyo delegatsiyasi Tojikistonda

Ayni paytda Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov boshchiligidagi delegatsiya...
KunTun
KunTun