Yoshlar iqlim kelajagi uchun birlashdi

Date:

Samarqandda iqlim o‘zgarishi, suv resurslari va barqaror rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan “RCOY Central Asia 2026” Markaziy Osiyo yoshlar konferensiyasi doirasida yuqori darajadagi tadbir o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, shuningdek, Ozarbayjon, Mo‘g‘uliston va Turkiyadan 100 ga yaqin yosh ekofaol va ekspert ishtirok etdi.

Tadbirda Markaziy Osiyo yoshlari tomonidan ishlab chiqilgan Mintaqaviy yoshlar bayonoti taqdim etildi. Hujjatda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, yoshlarning iqlim siyosatidagi ishtirokini kengaytirish hamda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar jamlangan.

Yuqori darajadagi segmentda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva, BMT Bosh kotibi yordamchisi Felipe Paullier, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, mas’ul vazirlik va tashkilotlar vakillari hamda xalqaro tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdi.

Yosh vakillar Bayonotning asosiy takliflarini taqdim etib, hujjatni yuqori darajadagi mehmonlarga rasman topshirdilar.

Mazkur muloqot Markaziy Osiyo yoshlarining iqlim siyosatini shakllantirish va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishdagi faol ishtirokini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun