Tutqanoqqa davo bor

Date:

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti olimlari tomonidan tutqanoq xurujlarini kamaytirishga yordam beruvchi yangi kimyoviy modda — epitriyazolin o‘rganildi.

Tadqiqotchilar 30 ga yaqin yangi kimyoviy moddani tahlil qilib, ular orasidan epitriyazolinni istiqbolli modda sifatida tanlagan. Uning olinishi usuli ishlab chiqilib, tarkibi va xususiyatlari o‘rganildi.

Tajribalar davomida epitriyazolinning tutqanoq xurujlarini kamaytirishga ta’sir qilishi aniqlangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, modda karbamazepin va Konvuleksga nisbatan 1,5–2 barobar kam zaharli bo‘lib, xavfsizlik chegarasi ham yuqoriroq ekani qayd etilgan.

Mutaxassislar epitriyazolinni ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqib, uning dastlabki namunalarini ham tayyorlagan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun