Vatan tuyg‘usi qalblarda ulg‘ayadi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismlardan birining qoshida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotida bayram tadbiri tashkil etildi.

Bayramona bezatilgan guruh xonasidagi “35” raqami, davlatimiz bayrog‘i va rang-barang sharlar tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Davlat madhiyasi bilan boshlangan tantanada harbiy xizmatchilar farzandlari Vatan, mustaqillik va tinchlikni madh etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijro etdilar. Chegara xizmati mashaqqatlarini aks ettirgan kichik sahna ko‘rinishlari esa tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Bolajonlarning chiqishlarida beg‘ubor quvonch bilan birga, ota-onalari kasbiga bo‘lgan hurmat va faxr tuyg‘usi ham yaqqol namoyon bo‘ldi.

Chegara qo‘shinlari tizimidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida vatanparvarlik tarbiyasi bayram tadbirlari bilangina cheklanmaydi. Tarbiyalanuvchilar kundalik mashg‘ulotlar davomida davlat ramzlari, harbiy qism hayoti va chegara xizmati an’analari bilan tanishtirib boriladi.

Tadbir kichkintoylarga quvonch, ota-onalariga esa faxr bag‘ishladi. Zero, bugunning mitti posbonlari ertaga qaysi kasbni tanlamasin, qalbida Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat va tinchlikka daxldorlik tuyg‘ulari hamisha hamroh bo‘lishi shubhasiz.

Islomjon Muhammadaliyev,
Harbiy xizmatchi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun