Surxondaryo bo‘ylab infotur

Date:

Hududlarning turistik salohiyatini birgalikda targ‘ib qilish va sayyohlar uchun yangi yo‘nalishlarni shakllantirish ichki turizmni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda Buxoro viloyatining yetakchi turoperatorlari uchun Surxondaryo bo‘ylab infotur tashkil etildi.

Tashrif davomida mehmonlar viloyatning tarixiy-madaniy meros obyektlari, qadimiy ziyoratgohlari, tabiiy va ekoturizm maskanlari hamda sayyohlik infratuzilmasi bilan tanishdi. Ularga Surxondaryoning mavjud va istiqbolli turistik yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.

Infotur doirasida Buxoro va Surxondaryo turoperatorlari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilib, qo‘shma turpaketlar yaratish, turistik mahsulotlarni o‘zaro targ‘ib qilish va sayyohlar oqimini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqotlar yakunida yangi turistik marshrutlarni yo‘lga qo‘yish, hududlararo amaliy hamkorlikni kengaytirish hamda Buxorodan Surxondaryoga keluvchi sayyohlar oqimini ko‘paytirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Mazkur infotur ikki viloyatning sayyohlik imkoniyatlarini yanada kengroq targ‘ib qilish, turoperatorlar hamkorligini mustahkamlash va ichki turizm uchun yangi yo‘nalishlarni ochishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun