Yangi o‘quv yili boshlandi

Date:

Yangi o‘quv yilining boshlanishi ta’lim maskanlarida nafaqat ilk qo‘ng‘iroq sadolari, balki yangi bunyodkorlik va yangilanishlar bilan ham kutib olindi. Surxondaryo viloyatidagi 975 ta maktabda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazildi. Xususan, Termiz shahridagi 1-maktab yangi o‘quv yilini tubdan yangilangan qiyofada boshladi. Davlat dasturi doirasida 7 milliard 200 million so‘m evaziga 650 o‘rinli to‘rt qavatli zamonaviy o‘quv binosi barpo etildi. Mavjud binolar esa 4 milliard so‘m mablag‘ hisobiga to‘liq ta’mirlandi.

Bugun maktabda o‘zbek va rus tillarida 2 ming 470 dan ziyod o‘quvchi, jumladan, 261 nafar birinchi sinf o‘quvchisi ta’lim olmoqda. Yangi o‘quv yilida viloyatdagi umumta’lim maktablariga 66 mingdan ortiq o‘g‘il-qiz ilk bor qadam qo‘ydi. Ular uchun munosib ta’lim sharoitlarini yaratish maqsadida 135 ta maktabda 527 milliard 900 million so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. 80 ta maktabga 1 ming 280 ta kompyuter jamlanmasi, 63 ta maktabga elektron doskalar yetkazib berildi. Maktablarga 150 ming dona badiiy adabiyot ham topshirildi.

Ayni paytda viloyat maktablarida 21 ming 449 ta zamonaviy kompyuter o‘quvchilar xizmatida bo‘lib, yil yakunigacha yana 1 ming 280 ta kompyuter yetkazib berilishi rejalashtirilgan. Barcha maktablarda birinchi sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alari tantanali topshirilib, yangi o‘quv yiliga ilk qadam qo‘ygan o‘g‘il-qizlarga ezgu tilaklar bildirildi.

Shu tariqa Surxondaryoda yangi o‘quv yili minglab o‘quvchilar uchun yangi bilimlar, zamonaviy sharoitlar va katta orzular sari ilk qadam bilan boshlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

3 kilometr — iroda va qat’iyat sinovi

Bugun Termiz shahrida yoshlarni sportga keng jalb etish va...

O‘zbekiston terma jamoasi shtabiga yangi mutaxassislar qo‘shildi

Bosh murabbiy Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi...

“Ijodkor bolalar” aniqlandi

Surxondaryo viloyati bolalar kutubxonasida “Kitobxonlik festivali” doirasida “Ijodkor bolalar”...

Harbiylar bilimi sinovdan o‘tdi

DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida kitobxonlik...
KunTun
KunTun