“Oftobmakon”da katta yangilanish

Date:

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Oftobmakon” mahallasida yillar davomida aholiga qulaylik yaratishni talab etib kelgan bir qator masalalarga yechim topildi.

Infratuzilmasi og‘ir toifadagi mahallada 4 kilometr ichki yo‘l ta’mirlanib, mahallaga olib kiruvchi hamda Kakaydi qo‘rg‘oniga chiqish yo‘llari obodonlashtirildi. Barcha xonadonlar ichimlik suvi bilan ta’minlanib, ko‘chalar va aholi yashash hududlari tartibga keltirildi.

Mahalladagi 56-sonli umumta’lim maktabi ham ta’mirlanib, o‘quvchilar uchun yanada qulay ta’lim muhiti yaratildi.

Yangilangan infratuzilma va ijtimoiy soha obyektlarining ochilish marosimida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, mahalla ahlini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi.

Oftobmakondagi o‘zgarishlar — bayram arafasida aholiga yaratilgan amaliy qulayliklarning yorqin ko‘rinishi bo‘ldi. Tadbirda tuman rahbariyatiga boshqa mahallalardagi loyihalarni ham belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun