Muzrabotda zamonaviy tomorqachilik maktabi tashkil etilmoqda

Date:

Muzrabot tumani Yangi diyor mahallasida joylashgan “Surxon KSP-Grand” MCHJ hududida tashkil etilgan Tomorqachilik maktabida zamonaviy qishloq xo‘jaligi tajribalarini joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Tuman hokimi Abdulla Mamatqulov mazkur hududda bo‘lib, Tomorqachilik maktabida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi va jarayonni ko‘zdan kechirdi.

Ayni paytda maktab hududidagi issiqxonada gidroponika usulida qulupnay yetishtirishni yo‘lga qo‘yish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Xususan, issiqxona hududi tekislanib, qulupnay yetishtirish uchun maxsus ustunlar o‘rnatildi.

Mazkur loyiha tumanda zamonaviy va innovatsion tomorqachilikni rivojlantirishga qaratilgan yangi tashabbuslardan biri hisoblanadi. Gidroponika texnologiyasining joriy etilishi yer maydonidan samarali foydalanish, suv resurslarini tejash, hosildorlikni oshirish hamda yil davomida sifatli va talab yuqori bo‘lgan mahsulot yetishtirish imkonini beradi.

Tomorqachilik maktabi orqali ilg‘or tajribalarni mahallalarga keng yoyish, aholiga zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliy o‘rgatish, xonadonlarda daromadli faoliyat turlarini rivojlantirish va yangi daromad manbalarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Kelgusida bu yerda yaratiladigan amaliy tajriba tomorqa egalari uchun o‘ziga xos tajriba va o‘quv maydoni bo‘lib, zamonaviy usullardan foydalanish orqali kichik maydondan yuqori daromad olish imkoniyatlarini namoyish etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kampirtepada turizm infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov “Oks Aleksandriyasi” (Kampirtepa) arxeologiya...

Muzrabotda zamonaviy tomorqachilik maktabi tashkil etilmoqda

Muzrabot tumani Yangi diyor mahallasida joylashgan “Surxon KSP-Grand” MCHJ...

Narx barqaror, sifati oliy

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan aholini...

SURXONDARYODA MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI KENG NISHONLANDI

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun