Narx barqaror, sifati oliy

Date:

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan aholini sifatli va hamyonbop mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida Muzrabot dehqon (oziq-ovqat) bozorida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozor narxlariga nisbatan arzonlashtirilgan narxlarda aholiga taklif etilmoqda. Shuningdek, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘quvchilar uchun maktab o‘quv qurollari va kanselyariya mahsulotlari savdosi ham yo‘lga qo‘yildi.

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tegishli mas’ullar bilan birgalikda yarmarka faoliyatini ko‘zdan kechirib, savdo jarayonlari hamda aholiga yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi. O‘rganish yakunida mas’ullarga mahsulotlar zaxirasini yetarli darajada shakllantirish, narxlar barqarorligini ta’minlash, mahsulotlar sifatiga alohida e’tibor qaratish, sanitariya va savdo qoidalariga qat’iy rioya etish hamda aholiga yanada qulay sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun