Avval xabar berganimizdek, Toshkent viloyatida “Yashil chiroq–2026” musobaqasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Semurg‘” bolalar oromgohida uch kun davom etgan bellashuvlarda respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 14 ta jamoa o‘zaro kuch sinashdi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar jamoaviy va yakka tartibdagi 13 ta shart bo‘yicha bellashib, yo‘l harakati xavfsizligi borasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyish etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Surxondaryo viloyati sharafini munosib himoya qilgan Sherobod tumani jamoasi faxrli 3-o‘rinni egalladi.

