BOG‘CHALAR SOLIQDAN OZOD

Date:

O‘zbekiston Prezidenti tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda belgilangan vazifalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.Farmonga muvofiq, tadbirkorlar uchun qator soliq yengilliklari joriy etiladi.

Xususan, bozor va savdo komplekslarida xizmat ko‘rsatishdan olingan foyda uchun foyda solig‘i stavkasi amaldagi 20 foizdan 15 foizga tushiriladi. Yangi tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi korxonalari bevosita qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan obyektlar bo‘yicha joriy soliq davrida mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi.

Shuningdek, o‘ziga tegishli noturar bino va yer uchastkasida oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini ochgan yakka tartibdagi tadbirkorlar ushbu ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha mol-mulk va yer solig‘idan ozod etiladi. Bundan tashqari, soliq maslahatchilarining jinoyat protsessida soliq to‘lovchining vakili sifatida ishtirok etishiga ruxsat beriladi.

Yuqoridagi o‘zgarishlarni nazarda tutuvchi qonun loyihasi 2026-yil dekabr oyiga qadar tayyorlanishi belgilangan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun