Avf — imkoniyat

Date:

Sariosiyo tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezidentning 2026-yil 25-avgustdagi PF–173-sonli “Avf etish to‘g‘risida”gi Farmoni asosida jazodan ozod etilgan shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tuman hokimi Odiljon Yaqubov hamda tuman IIB boshlig‘i, podpolkovnik G‘. Xo‘jamqulov ishtirok etgan uchrashuvda avf etilgan shaxslarning jamiyatga moslashuvi, bandligini ta’minlash, kasb-hunar egallashi va hayotda o‘z munosib o‘rnini topishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mas’ul tashkilotlarga ularni ish bilan ta’minlash, ijtimoiy va huquqiy ko‘mak ko‘rsatish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali yangi hayot boshlashlariga amaliy yordam berish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Ta’kidlanganidek, avf — bu nafaqat insonparvarlik va kechirim, balki adashgan insonlarga o‘z hayotini qaytadan izga solish, jamiyatda munosib o‘rin egallash uchun berilgan muhim imkoniyatdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun