Boysun bag‘rida Mustaqillik shukuhi

Date:

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi ostida Boysun tumanida Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram shodiyonalari ko‘tarinki ruhda davom etdi.

Bayram tadbiri o‘zgacha fayz va tantanavor ruhda tashkil etildi. Milliy bezaklar, rang-barang gullar, yorqin sahna ko‘rinishlari hamda san’atkorlar va yoshlarning chiqishlari bayram maydoniga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishladi.

Tadbir davomida turli diltortar kuy-qo‘shiq va raqslar ijro etilib, maydonga jam bo‘lgan aholi va mehmonlarga bayramona kayfiyat ulashildi. Barchaning xushkayfiyati, milliy ruhdagi bezaklar va bayramona sahna ko‘rinishlari Boysun osmoni ostida Mustaqillik shodiyonalarining ko‘tarinki ruhini yaqqol namoyon etdi.

Bunday tantanalar xalqimizni yagona Vatan va ezgu maqsadlar atrofida yanada jipslashtirib, qalblarga faxr va iftixor tuyg‘ularini baxsh etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

14 ta ijtimoiy obyekt foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Muzrabot tumanida aholi, ayniqsa, yosh...

Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Bandixon tumani markaziy sport o‘yingohida “Yagona Vatan, yagona xalq...

“Yangi kun” — mehr va e’tibor maskani

Termiz shahrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan...

Xalq muammosi — deputat e’tiborida

Aholi bilan muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish,...
KunTun
KunTun