Bunyodkorlik ishlari yangi bosqichda

Date:

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Angor tumanida yosh avlod uchun zamonaviy va munosib ta’lim sharoitlarini yaratishga qaratilgan bunyodkorlik ishlari ko‘lami kengaydi.

Investitsiya dasturi hamda Islom taraqqiyot banki loyihalari doirasida bir qator maktablarda qo‘shimcha o‘quv binolari va zamonaviy sport zallari barpo etildi. Jumladan, 11-, 12-, 20-, 23-, 34-, 37- va 40-sonli maktablarda jami 2 ming 40 o‘rinli yangi o‘quv binolari foydalanishga tayyorlandi. 20- va 34-sonli maktablarda zamonaviy sport zallari ham bunyod etildi.

Maktabgacha ta’lim tizimida ham yangilanishlar amalga oshirildi. 14- va 25-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining eski binolari o‘rnida yangi zamonaviy inshootlar qad rostladi. 29-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun ham yangi bino barpo etilib, foydalanishga topshirildi.

Bugun 11- va 37-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda 14-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yangi binolarning ochilish marosimlari bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Qosim Mardonov, nuroniylar, pedagoglar, o‘quvchilar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Yangi ta’lim maskanlarining foydalanishga topshirilishi Angorda yosh avlod uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning amaliy ifodasi bo‘ldi. Zamonaviy binolar, qulay sharoitlar va yangi imkoniyatlar — hududning kelajakdagi ta’lim salohiyatiga xizmat qiladigan muhim qadamlardir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun