Oltinsoyda bunyodkorlik ishlari

Date:

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida aholi uchun zamonaviy sharoitlar yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari yakuniga yetmoqda. 2026-yil Investitsiya dasturi doirasida ijtimoiy soha va infratuzilmani rivojlantirish uchun 72,9 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Bugun tumanda ta’lim, suv ta’minoti va infratuzilma yo‘nalishlaridagi 20 ga yaqin obyekt to‘liq foydalanishga topshirildi.

Ta’lim sohasida bir qator maktablarda yangi o‘quv binolari barpo etildi va mavjudlari rekonstruksiya qilindi. Jumladan, 23-, 26- va 43-sonli maktablarda qo‘shimcha 330, 270 va 330 o‘rinli o‘quv binolari foydalanishga topshirildi. 13-sonli maktab kapital ta’mirlandi, 19-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining quvvati esa 50 o‘rindan 120 o‘ringa oshirildi.

Infratuzilma yo‘nalishida “Tangiz” kanali rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. “Xo‘jaipok” tumanlararo suv ishlab chiqarish-taqsimlash inshootlarida energiya tejamkor nasoslar o‘rnatilib, magistral suv tarmog‘ining yaroqsiz qismlari yangilandi.

Amalga oshirilayotgan loyihalar Oltinsoy aholisi uchun sifatli ta’lim, barqaror suv ta’minoti va qulay infratuzilma yaratishga xizmat qilmoqda.

Bunyodkorlik ishlari davom ettirilib, belgilangan loyihalarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash orqali hududda yashash sharoitlarini yanada yaxshilash maqsad qilingan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun