Yangi turizm ko‘chasi foydalanishga topshirildi

Date:

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Termiz shahrida aholi va mehmonlar uchun yana bir zamonaviy maskan foydalanishga topshirildi. At-Termiziy ko‘chasi yangilanib, salomatlik va turizm ko‘chasiga aylantirildi. Uzunligi 1,2 kilometr bo‘lgan ko‘cha zamonaviy qiyofa kasb etib, aholining erkin harakatlanishi, mazmunli hordiq chiqarishi va tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratildi.

Loyiha doirasida 60 ta ko‘p qavatli turar joy va tadbirkorlik obyektlari zamonaviy ko‘rinishga keltirildi. Ichki yo‘llar asfaltlandi, bolalar maydonchalari ta’mirlandi, ko‘cha va unga tutash hududlar obodonlashtirildi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov shahar mutasaddilari, soha vakillari va faollar bilan birgalikda ko‘chada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Endilikda mazkur turizm ko‘chasi tun-u-kun faoliyat yuritib, Termiz aholisi va mehmonlariga hordiq chiqarish, tadbirkorlarga esa xizmat ko‘rsatish uchun yangi imkoniyatlar taqdim etadi.

Bayram arafasida yangilangan ushbu maskan Termizning zamonaviy va sayyohlik salohiyatiga ega qiyofasini yanada boyitadigan yangi manzillardan biriga aylandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun keldi

Toshkent shahrida muaytay sport turi bo‘yicha U-23 yosh toifasi...

Maktablar qishga shaymi?

Qiziriq tumanidagi umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, o‘quvchilar...

Surxondaryo tajribasi Qoraqalpog‘istonda

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanida Surxondaryo viloyati tajribasi asosida bir...

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...
KunTun
KunTun