544 ta oilaga yangi xonadon

Date:

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Termiz shahrida aholi uchun yana bir katta quvonchli voqea yuz berdi. Manguzar mahallasida bunyod etilayotgan “Yangi Termiz siti” majmuasining ilk bosqichi doirasida 5 ta blokdagi 544 ta xonadonga ega ko‘p qavatli uylar foydalanishga topshirildi.

Zamonaviy turar joy majmuasida aholining qulay va farovon yashashi uchun zarur sharoitlar, ijtimoiy va infratuzilma obyektlarini rivojlantirish imkoniyatlari ham ko‘zda tutilgan.

Yangi uylarning tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, nuroniylar, faxriylar, faollar, qurilish sohasi mutasaddilari, pudrat tashkilotlari vakillari va jamoatchilik ishtirok etdi.

Eng ulug‘ va eng aziz bayram arafasida foydalanishga topshirilgan xonadonlar 544 ta oila uchun chinakam bayram tuhfasiga aylandi. Endilikda yuzlab oilalar Mustaqillik shodiyonalarini yangi, zamonaviy va shinam xonadonlarda kutib oladi.

Bu kabi bunyodkorlik ishlari Termiz shahrining zamonaviy qiyofasini yanada boyitib, aholining munosib turmush sharoitlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

14 ta ijtimoiy obyekt foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Muzrabot tumanida aholi, ayniqsa, yosh...

Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Bandixon tumani markaziy sport o‘yingohida “Yagona Vatan, yagona xalq...

“Yangi kun” — mehr va e’tibor maskani

Termiz shahrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan...

Xalq muammosi — deputat e’tiborida

Aholi bilan muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish,...
KunTun
KunTun