Termizda yangi bilim maskani

Date:

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Termiz shahrida yoshlar uchun yana bir zamonaviy ta’lim maskani o‘z faoliyatini boshladi. Bog‘ishamol mahallasida Investitsiya dasturi doirasida barpo etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Termiz filiali tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

504 o‘quvchiga mo‘ljallangan maktabda yoshlarning puxta bilim olishi va zamonaviy kasblarni egallashi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Majmuada 222 o‘rinli yotoqxona, 200 o‘rinli oshxona hamda zamonaviy sport zali mavjud.

Ta’lim maskanida matematika, fizika, ingliz tili, informatika va axborot texnologiyalari fanlari chuqurlashtirib o‘qitiladi. Shuningdek, STEAM va tanqidiy fikrlash xonalari, kimyo, biologiya va fizika fanlariga mo‘ljallangan zamonaviy laboratoriyalar o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan boyitish imkonini beradi.

Ochilish marosimida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, mutasaddilar, nuroniylar, yoshlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etib, maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

Yangi ta’lim maskani Surxondaryo yoshlarining aniq fanlar va IT yo‘nalishlaridagi salohiyatini yuzaga chiqarish, kelajak uchun bilimli va malakali kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.

Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshirilgan ushbu maktab — yoshlar kelajagiga qaratilgan e’tibor va bunyodkorlikning munosib ifodasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun