Qulay ta’lim muhiti yaratildi

Date:

Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami arafasida Oltinsoy tumanida bunyodkorlik va obodlik ishlari izchil davom etmoqda. Ana shunday ezgu tashabbuslarning yana biri 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘z ifodasini topdi.

Maktabda amalga oshirilgan rekonstruksiya-ta’mirlash ishlari natijasida o‘quvchilar uchun zamonaviy, yorug‘ va qulay ta’lim muhiti yaratildi.

Tuman hokimi Otabek Mavlyanov maktabga tashrif buyurib, yaratilgan sharoitlar hamda amalga oshirilgan ishlarning yakuniy holatini ko‘zdan kechirdi.

Endilikda bu maskanda yoshlar zamonaviy sharoitlarda ta’lim olib, bilim va salohiyatini yanada oshirish imkoniga ega. Zero, farzandlar uchun yaratilgan har bir qulaylik — yurt kelajagiga kiritilgan eng muhim sarmoyadir.

Bayram arafasidagi bunday bunyodkorlik ishlari Oltinsoyda obodlik, yangilanish va ezgu o‘zgarishlar izchil davom etayotganining yorqin ifodasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun