“Tangimush”ga olib boruvchi yo‘l asfaltlanadi

Date:

Mustaqilligimizning 35 yillik shodiyonasi arafasida Bandixon tumanida aholi uchun muhim va quvonchli bunyodkorlik ishlari davom etmoqda.

Quduqsoy mahallasidagi Tangimush temir yo‘l stansiyasiga olib boruvchi yo‘lda asfaltlash ishlari boshlandi. Yillar davomida aholiga noqulaylik tug‘dirgan yo‘lning obod qilinishi fuqarolarning qatnovini yengillashtirib, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilaydi.

Tuman hokimi Abdumalik Allamuradov hududda bo‘lib, yo‘l ta’miri jarayonini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, stansiyada yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar va yuk tashishga mo‘ljallangan yangi temir yo‘l izlari bilan tanishdi.

Stansiyada fuqarolarga qulay xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

“Har bir amalga oshirayotgan ishimiz inson qadri uchun. Bu yerga kelgan har bir fuqaro bizdan rozi bo‘lishi kerak”, — dedi tuman hokimi.

Tangimush stansiyasidan o‘tuvchi poyezdlar yo‘lovchilar chiqib-tushishi uchun 5 daqiqagacha to‘xtaydi. Yo‘lning asfaltlanishi esa bu imkoniyatdan foydalanayotgan fuqarolar uchun yanada qulay sharoit yaratadi.

Mustaqillik bayrami shukuhi bilan bunyodkorlik ishlari uyg‘unlashib, Bandixonda obodlik va farovonlik yo‘lida yangi qadamlar tashlanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun