O‘quvchi iqtidorini kashf etishda yangi yondashuvlar

Date:

Yoshlarning qiziqishi va iqtidorini aniqlash, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy kasblarga yo‘naltirishda maktab maslahatchilarining o‘rni muhim. Shu maqsadda Termiz davlat pedagogika institutida Maktab maslahatchilarining viloyat forumi tashkil etildi.

Unda hududiy “Kelajak” markazlari rahbarlari, tegishli bo‘lim boshliqlari hamda tumanlardan 250 nafarga yaqin maktab maslahatchilari ishtirok etdi.

Forum doirasida seminar, amaliy mashg‘ulot va mahorat darslari o‘tkazilib, o‘quvchilar qobiliyatini aniqlash, ularni to‘garak, tanlov va loyihalarga jalb etish, shuningdek, kasbga yo‘naltirishning samarali usullari muhokama qilindi.

O‘quvchilarning sport, san’at, xorijiy tillar, IT, dasturlash, robototexnika va sun’iy intellektga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Ochiq muloqotda maktab maslahatchilari o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdi. Yangi o‘quv yilidan viloyatdagi 978 ta maktabda ushbu faoliyatni yanada samarali tashkil etish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va maktab — maslahatchi — “Kelajak” markazi hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Maktab maslahatchisi — o‘quvchining qiziqishi va iqtidorini yuzaga chiqarib, uni kelajak sari yo‘naltiruvchi muhim ko‘prikdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun