Sherobodda 7 ta maktab foydalanishga topshirildi

Date:

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sherobod tumanida ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi bunyodkorlik ishlari o‘zining amaliy samarasini bermoqda. Tumanda 7 ta umumta’lim maktabida qurilish va rekonstruksiya ishlari yakunlanib, ta’lim maskanlari o‘quvchilar ixtiyoriga topshirildi.

Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-son qarori asosida Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining 2-bosqichi doirasida amalga oshirilmoqda.

Tantanali ochilish marosimlarida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi. Xususan, Mehrobod mahallasida yangidan bunyod etilgan 76-sonli maktab foydalanishga topshirildi. Bu yerda 330 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosi va 12×24 metrli sport zali barpo etildi. Loyihaning qiymati 10 milliard 443 million so‘mni tashkil etdi.

Shuningdek, tumandagi 14-, 31-, 39-, 48-, 54- va 67-sonli maktablarda yangi o‘quv binolari, qo‘shimcha korpuslar, sport zallari barpo etilib, mavjud binolar mukammal ta’mirlandi. Natijada yuzlab o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim olish imkoniyatlari kengaydi.

Yangi maktablarning foydalanishga topshirilishi — nafaqat bunyodkorlikning, balki yosh avlod kelajagiga qaratilayotgan e’tiborning yorqin ifodasidir. Zamonaviy ta’lim maskanlari o‘quvchilarning puxta bilim olishi, sport bilan shug‘ullanishi va zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi uchun mustahkam zamin yaratadi.

Mustaqillik bayrami arafasidagi bu ezgu ishlar Sherobodda yangilanish va bunyodkorlik ruhining yana bir yorqin namunasiga aylandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun