Termizda “Ichki ishlar vaziri kubogi” sohiblari aniqlandi

Date:

Yoshlar sportini ommalashtirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi voleybol musobaqasi Termizda yuqori saviyada yakunlandi.

Termiz shahridagi Kurash majmuasida voleybol bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasining Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 16–21 hamda 22–30 yosh toifalarida mamlakatimizning turli hududlaridan 280 nafar qiz ishtirok etib, kuch va mahoratini namoyish etdi.

16–21 yosh toifasida:🥇 1-o‘rin — Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani, Boyqishloq mahallasi;

🥈 2-o‘rin — Samarqand viloyati, Pastarg‘om tumani, Sanchiqul mahallasi;

🥉 3-o‘rin — Buxoro shahri, Yoshlik mahallasi.22–30 yosh toifasida:

🥇 1-o‘rin — Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumani, Mash’al mahallasi;

🥈 2-o‘rin — Farg‘ona viloyati, Qo‘shtepa tumani, Do‘stlik mahallasi;

🥉 3-o‘rin — Surxondaryo viloyati, Denov tumani, O‘zgarish mahallasi.

G‘olib va sovrindor jamoalarga kubok, medal, diplom hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Musobaqa yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, qizlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish va hududlarda voleybol rivojiga yangi turtki berishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun