Gala-konsert cheksiz quvonch ulashdi!

Date:

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Bandixon tumanida bayram shukuhi va ko‘tarinki kayfiyat har bir xonadonga kirib bormoqda! “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ezgu shiori ostida o‘tayotgan tantanalar tuman ahliga bir-biridan yorqin va unutilmas onlar taqdim etmoqda.

Tuman markazidagi “Yoshlar saylgohi”da “Bir osmon ostida bir yurakmiz” g‘oyasi ostida tashkil etilgan muhtasham gala-konsert haqiqiy san’at bayramiga aylandi. O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Surxondaryo viloyati bo‘linmasining xushovoz xonandalari va mahoratli raqqosalari o‘zlarining jo‘shqin kuy-qo‘shiqlari hamda dilbar raqslari bilan yig‘ilganlar qalbiga ulkan quvonch bag‘ishladi.

Eng quvonarlisi, ushbu shukuhli kechada bandixonliklar oila a’zolari, yaqinlari va do‘stlari bilan birgalikda jam bo‘lib, Mustaqillik ayyomini bir oiladek baland kayfiyatda nishonladilar. Jarangdor kuylar va samimiy tabassumlarga boy bo‘lgan ushbu tantana tuman elining hamjihatligi hamda vatanparvarligining yorqin namoyishiga aylandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun