10-sinfdan ham texnikumda oʻqish mumkin

Date:

Endilikda 10-sinf o‘quvchilari ham o‘qishini texnikumlarga ko‘chirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu boradagi yangi tartib Vazirlar Mahkamasining 450-son qarori bilan tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinf o‘quvchilarini texnikumlarga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatlarining yagona tartibi joriy etiladi.

Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda topshiriladi. Yangi tartib yoshlarning kasbiy ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, xizmatlarni raqamlashtirish va ortiqcha byurokratik jarayonlarni qisqartirishga xizmat qiladi.

Bu esa 10-sinf o‘quvchilariga o‘zlari tanlagan kasb bo‘yicha ta’limni ertaroq boshlash uchun yangi imkoniyat yaratadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun