Qumqoʻrgʻonda birdamlik va bayram shukuhi

Date:

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab xalqimizni birlashtiruvchi, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lovchi bayram tadbirlari davom etmoqda.

Qumqo‘rg‘on tumanida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi asosida tashkil etilayotgan madaniy-ma’rifiy kechalar ana shu ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda.

69-sonli “Yangi O‘zbekiston” Madaniyat markazida o‘tkazilgan navbatdagi bayram tadbirida Bog‘aro va Yangi shahar mahallalari aholisi uchun kuy-qo‘shiqlar hamda folklor jamoasining dilbar chiqishlari namoyish etildi.

Bayramona kecha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, xalqimizning birdamligi, Vatanga muhabbati va milliy qadriyatlarga sadoqatini yana bir bor namoyon etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...

Xorijda ta’lim olish imkoniyatlari taqdim etildi

Xorijning nufuzli oliygohlarida o‘qish yoki malaka oshirishni istagan yoshlar...

Nuroniylarimiz Taxiatoshda

Termiz shahri bilan Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh tumani o‘rtasidagi hamkorlik doirasida...

Taxiatoshlik yosh “Jasorat maktabi”da chiniqdi

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan birga, ularni mustaqil hayotga...
KunTun
KunTun