G‘alabasi — katta imkoniyat

Date:

Yoshlarning sportdagi yutuqlarini munosib rag‘batlantirish va bunday muvaffaqiyatlarni keng jamoatchilik uchun yangi imkoniyatlarga aylantirish Qumqo‘rg‘on tumanida ham o‘z samarasini bermoqda. Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida To‘g‘on mahallasida zamonaviy universal sport maydonchasi foydalanishga topshirildi. Mazkur maydoncha mahalla yoshlaridan Qudratova Oygulning sportdagi yutug‘i munosabati bilan barpo etildi.

Oygul “Besh tashabbus paralimpiadasi”ning respublika final bosqichida badminton bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, mahalla sharafini munosib himoya qilgan. Uning ushbu yutug‘i natijasida To‘g‘on mahallasi aholisi uchun zamonaviy sport maydonchasi yaratildi. Maydonchaning ochilish marosimida tuman hokimi o‘rinbosari N. Allanazarov, nuroniylar, maktab jamoasi, mahalla faollari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Yangi sport maskani yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish uchun xizmat qiladi. Kecha bir yosh sportchining g‘alabasi bugun butun mahalla uchun imkoniyatga aylandi. Endi bu maydonda yangi chempionlar tarbiyalanishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun