Viloyat hokimi Angor tumanida

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida bo‘ldi. Dastlab Angor dehqon (oziq-ovqat) bozorida Mustaqillik bayrami munosabati bilan tashkil etilgan yarmarka faoliyati ko‘zdan kechirildi. Savdo rastalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar tomonidan yetishtirilgan hamda tayyorlangan mahsulotlar joy olgan.

Yarmarka jarayonida mahsulotlar narxi va aholi uchun yaratilgan qulayliklar o‘rganildi. Mas’ullarga bayram kunlarida bozorlarda mahsulotlar zaxirasini yetarli darajada shakllantirsh, narx-navoning barqarorligini ta’minlash hamda aholi ehtiyojini inobatga olgan holda savdoni tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shundan so‘ng, Madaniyat uyida “Hokim va profilaktika inspektorlari bilan uchrashuvi” o‘tkazildi. Unda hududda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jamoat xavfsizligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika ishlarini manzilli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Ayniqsa, profilaktika inspektorlarining mahallalarda aholi bilan yaqin ishlashi, muammoli oilalar va huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ishlarni samarali tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. Muhokama qilingan masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berilib, ularning ijrosini ta’minlash va natijadorligini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Jarqo‘rg‘onda fandomat ishga tushdi

Jarqo‘rg‘onda chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirish va aholining ekologik faolligini...

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...

Xorijda ta’lim olish imkoniyatlari taqdim etildi

Xorijning nufuzli oliygohlarida o‘qish yoki malaka oshirishni istagan yoshlar...

Nuroniylarimiz Taxiatoshda

Termiz shahri bilan Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh tumani o‘rtasidagi hamkorlik doirasida...
KunTun
KunTun