Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning mashg‘ulotlari uchun zarur sharoitlarni yaratish va sport muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasidagi ishlar Boysun tumanida ham davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida Boysun tumani sport maktabida yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbir o‘tkazildi.
Unda tuman hokimi o‘rinbosari, tuman prokurori, Davlat xavfsizlik xizmati bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari hamda sport maktabi direktori so‘zga chiqib, yoshlar uchun munosib sharoitlar yaratish va mashg‘ulotlar sifatini oshirish muhimligini ta’kidladilar. Tadbir davomida Sport vazirligi tomonidan taqdim etilgan zamonaviy sport jihozlari, anjomlari va sport kiyimlari yosh sportchilarga tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur ko‘mak sport maktabida mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish, yoshlarning sportga qiziqishini kuchaytirish va kelajakda iqtidorli sportchilarni tarbiyalashga xizmat qiladi.

