Keyingi manzil Janubiy Koreya

Date:

Xalqaro ta’lim hamkorligini kengaytirish, talabalarga xorijiy oliygohlarda tahsil olish imkoniyatlarini yaratish va zamonaviy ta’lim dasturlarini joriy etish oliy ta’lim rivojining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda Janubiy Koreyaning FORONE HR Research Institute tashkiloti Muhandislik bo‘limi rahbari, Youngsan va Inje universitetlari vakili Kong Jung Do Termiz davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda Janubiy Koreyaning ikki oliygohi hamda Termiz davlat universiteti o‘rtasida “2+2” shaklidagi qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish taklifi muhokama qilindi. Tomonlar ta’lim yo‘nalishlarini belgilash, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va hamkorlikning keyingi bosqichlari yuzasidan fikr almashdilar. Yakunda qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha tegishli hamkorlik hujjatlarini imzolashga kelishib olindi.

Mazkur hamkorlik Termiz davlat universiteti talabalarining xalqaro ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, xorijiy tajribani o‘quv jarayoniga tatbiq etish va universitetning xalqaro aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun