Final: voleybol bahslari boshlandi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi musobaqalar davom etmoqda.

Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyatida voleybol bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” respublika final bosqichiga start berildi. Termiz shahridagi Kurash majmuasida musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat va sport sohasi mutasaddilari, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi vakillari, murabbiy va hakamlar, sportchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

22-avgustga qadar davom etadigan musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan saralangan kuchli voleybol jamoalari g‘oliblik uchun bahslashmoqda. Bellashuvlarda 16–21 hamda 22–30 yosh toifalarida jami 280 nafar qiz ishtirok etmoqda.

Musobaqa yoshlar orasida voleybolni yanada ommalashtirish, sportchilarning mahoratini oshirish va iqtidorli yoshlarni munosib rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bepul reabilitatsiya imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va protezlash markazlariga yo‘llashning...

Mehnat qadri – e’tibor va rag‘batda

Madaniyat sohasi vakillari xalqning ma’naviy merosini asrash, milliy qadriyatlarni...

Pul o‘tkazmalarida yangi tartib

2026-yil 16-noyabrdan masofaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish xavfsizligiga oid yangi...

Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayonlari sifati va...
KunTun
KunTun