Final: voleybol bahslari boshlandi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi musobaqalar davom etmoqda.

Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyatida voleybol bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” respublika final bosqichiga start berildi. Termiz shahridagi Kurash majmuasida musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat va sport sohasi mutasaddilari, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi vakillari, murabbiy va hakamlar, sportchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

22-avgustga qadar davom etadigan musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan saralangan kuchli voleybol jamoalari g‘oliblik uchun bahslashmoqda. Bellashuvlarda 16–21 hamda 22–30 yosh toifalarida jami 280 nafar qiz ishtirok etmoqda.

Musobaqa yoshlar orasida voleybolni yanada ommalashtirish, sportchilarning mahoratini oshirish va iqtidorli yoshlarni munosib rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun