Ijtimoiy ko‘makka alohida e’tibor qaratildi

Date:

Fuqarolar murojaatlarini tinglash, muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimiga amaliy ko‘mak ko‘rsatish aholi bilan ochiq muloqotning muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Oltinsoy tumani hokimligi studiyasidan hududiy studiyalar orqali navbatdagi ommaviy qabulni o‘tkazdi.

Qabul davomida 141 nafar fuqaroning 155 ta murojaati tinglanib, 12 tasi ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga aniq muddatlar belgilanib, ularni o‘rganish va hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Shuningdek, viloyat hokimining shaxsiy qabulida 14 nafar fuqaroning 17 ta murojaati ko‘rib chiqilib, 3 tasi joyida hal etildi.

Qabul doirasida ijtimoiy ko‘makka ham alohida e’tibor qaratildi. Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 651 nafar yolg‘iz keksaga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Shuningdek, 1 240 nafar ehtiyojmand oila farzandlarining kontrakt to‘lovlarini qoplash, 1 860 nafar bolani maktab formasi va o‘quv qurollari bilan ta’minlash hamda 180 nafar bemor fuqaroning davolanish va jarrohlik xarajatlarini qoplash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilishi ma’lum qilindi.

Mazkur qabul aholi murojaatlarini eshitish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va fuqarolar muammolarini tezkor hal etishga qaratilgan amaliy ishlarning yana bir namunasi bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom turmush tarzi — faol harakatdan boshlanadi

Inson salomatligini mustahkamlashda muntazam jismoniy faollik muhim ahamiyatga kasb...

Kayrittepa xalqaro loyiha doirasida o‘rganilmoqda

Surxondaryoning arxeologik merosini o‘rganish va asrashga qaratilgan xalqaro loyiha...

Harbiylar oilalari uchun tikuv sexi ish boshladi

Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida harbiy xizmatchilar oila a’zolari va...

Ta’lim boshqaruvida yangi tizim: yagona vazirlik oldidagi vazifalar

O‘zbekistonda ta’lim va ilm-fan sohasini yagona tizim asosida boshqarishga...
KunTun
KunTun