Hamkorlikning keyingi bosqichlari muhokamada

Date:

Surxondaryoning tabiiy resurslaridan samarali foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish hudud iqtisodiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning “United Energy Group” kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuvda suyultirilgan gaz ishlab chiqarish, mavjud uglevodorod resurslaridan samarali foydalanish, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, loyiha uchun zarur infratuzilmani shakllantirish, xomashyo ta’minoti, texnologik yechimlar va mahsulotlarni ichki hamda tashqi bozorlarga chiqarish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar loyihaning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini chuqur o‘rganish va hamkorlikning keyingi bosqichlarini belgilashga kelishib oldilar.

Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida yangi ishlab chiqarish quvvatlari va ish o‘rinlari yaratilishi, investitsiyalar jalb etilishi hamda Surxondaryoning sanoat salohiyati yanada oshirilishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun