Har bir tomchi suv — hosil va samaradorlik garovi

Date:

Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va zamonaviy, suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Tumanning “Yangi avlod” hududidagi “Ashur Jalil” fermer xo‘jaligida ham ushbu yo‘nalishda amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Fermer xo‘jaligi rahbari Sobir Jalilov tomonidan 18 gektar maydonda tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etilib, ekinlarni me’yorida sug‘orish va suv sarfini kamaytirish imkoniyati yaratildi.

Mazkur texnologiya suvni bevosita o‘simlik ildiziga yetkazib, undan samarali foydalanish, ortiqcha suv sarfining oldini olish va hosildorlikni oshirishga xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda tumandagi fermer xo‘jaliklarida suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish ko‘lami kengayib bormoqda. Bu nafaqat suv resurslarini asrab-avaylash, balki qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etayotgan fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat tomonidan belgilangan imtiyoz va mexanizmlardan samarali foydalanish ham muhim yo‘nalishlardan biridir.

Asosiy maqsad — har bir tomchi suvdan unumli foydalanish, suv resurslarini asrash va mo‘l hosil yetishtirish.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun