Tibbiyot korrupsiyadan xolimi?

Date:

Oltinsoy tumani hokimligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosini ta’minlash, tibbiyot sohasida korrupsiyaning oldini olish, halollik va qonuniylik tamoyillarini mustahkamlash maqsadida tuman tibbiyot birlashmasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Unda tibbiyot birlashmasi va uning tarkibiy tuzilmalaridagi muassasalar mas’ullari va xodimlari, tashkilot va muassasalar rahbarlari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun, Prezidentning 2021-yil 6-iyuldagi PQ–5177-son qarori hamda 2025-yil 30-dekabrdagi PF–270-son Farmonining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Taqdimot va amaliy misollar orqali korrupsiyaning jamiyat va davlat boshqaruviga salbiy ta’siri, mansab vakolatlaridan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanishning huquqiy oqibatlari hamda korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish choralari haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, firibgarlik, o‘g‘irlik, giyohvandlik bilan bog‘liq va boshqa jinoyatlarning oldini olish, ularning salbiy oqibatlari hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlik masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Ishtirokchilarga xizmat faoliyatida halollik, ochiqlik va qonuniylik tamoyillariga qat’iy rioya etish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, shaxsiy mas’uliyatni oshirish va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan tegishli huquqiy tushuntirishlar oldilar.

Halollik — har bir xodimning shaxsiy mas’uliyati. Korrupsiyaga qarshi kurashish esa barchamizning umumiy vazifamizdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo rivojida ilmiy yondashuv va samarali boshqaruvga e’tibor kuchaytiriladi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib...

Har bir tomchi suv — hosil va samaradorlik garovi

Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va...

Bayramga munosib tuhfa

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Navro‘z mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari keng...

Tantanalar etadi davom

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Uzun...
KunTun
KunTun