Yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash va ularning mahoratini yuksaltirishga qaratilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi stritbol bo‘yicha respublika final bosqichi Sirdaryo viloyatida yuqori saviyada o‘tkazildi.
Murosasiz va qizg‘in bahslarga boy kechgan musobaqada 22–30 yosh toifasida Surxondaryo viloyati jamoasi barcha raqiblarini ortda qoldirib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Mazkur natija viloyat yoshlarining sportga bo‘lgan qiziqishi, irodasi va mahorati yuksalib borayotganining yana bir yorqin ifodasidir.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlanib, ularga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

