“Xazina” — bayram shukuhiga hamohang

Date:

Mustaqillik bayrami yurtimizda nafaqat tantanalar, balki milliy san’at va madaniyatimizni ulug‘lash, aholi uchun mazmunli hordiqni tashkil etish bilan ham keng nishonlanmoqda. Bayramoldi kunlarda Bandixon tumanida ham madaniy-ma’rifiy tadbirlar izchil davom etmoqda.

Bandixon tumani Madaniyat bo‘limida Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan Shukurullo Mahkamov asari asosida sahnalashtirilgan “Xazina” komediyasi namoyish etildi.

Tomoshabinlarga taqdim etilgan spektaklda qiziqarli voqealar, hajviy lavhalar va aktyorlarning mahoratli ijrosi uyg‘unlashib, yig‘ilganlarga xushkayfiyat ulashdi. Sahna asari orqali insoniy qadriyatlar va hayotiy munosabatlar o‘ziga xos yumor vositasida yoritildi.

Tadbir yakunida tomoshabinlar aktyorlarning ijrosini olqishlar bilan qarshi oldilar. Mazkur spektakl bayramoldi madaniy tadbirlar turkumiga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun