Yoshlar zamonaviy media kasblarini egallamoqda

Date:

Bugungi raqamli davrda SMM, mobilografiya va kontent yaratish kabi zamonaviy kasblar yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Ayniqsa, ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalar yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu maqsadda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “SMM maktabi” va “Yosh mobilograflar maktabi” loyihalari bitiruvchilari ishtirokida taqdimot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun Kontent tayyorlash markazi, Surxondaryo viloyati hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda yirik korxona va tashkilotlar vakillari, tadbirkorlar, OAV xodimlari hamda yoshlar qatnashdi.

Tadbirda zamonaviy media kasblarining mehnat bozoridagi o‘rni, yoshlarni SMM, mobilografiya va raqamli kontent yaratishga o‘rgatish, ularning kasbiy salohiyati va bandligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, loyiha bitiruvchilari tomonidan tayyorlangan media mahsulotlar namoyish etilib, ularning amaliy ishlari va erishgan natijalari taqdim etildi. Bugungi kungacha Namangan viloyatida 250 nafardan ortiq SMM mutaxassisi va 100 nafar mobilograf tayyorlangani, ularning aksariyati media sohasida faoliyat boshlagani ta’kidlandi.

Tadbir yakunida “SMM maktabi” va “Yosh mobilograflar maktabi” o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun