Qulaylik yaratildi

Date:

Aholiga sifatli va tezkor veterinariya xizmatlarini ko‘rsatishda mutaxassislarning zarur sharoit va vositalar bilan ta’minlangani muhim ahamiyatga ega. Bu boradagi e’tibor, ayniqsa, chekka mahallalarda xizmat ko‘rsatayotgan xodimlar faoliyati samaradorligini oshiradi.

Qumqo‘rg‘on tumani Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limining Beshqahramon veterinariya uchastkasida faoliyat yuritayotgan Sherali Qultayev Jarqishloq, Joziba, Gultepa, Tayfang va Mehrobod mahallalariga veterinariya xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.

Avvallari u bir kunlik faoliyati davomida 35–40 kilometrgacha masofani piyoda bosib o‘tishiga to‘g‘ri kelgan. Endilikda bu muammo homiylik mablag‘lari hisobidan xarid qilingan skuter bilan hal etildi. Transport vositasi tuman hokimi Farrux Xoliqov tomonidan Sherali Qultayevga topshirildi.

Yangi transport vositasi mutaxassisning mahallalarga o‘z vaqtida yetib borishi, chorva mollarini ko‘rikdan o‘tkazishi va profilaktik tadbirlarni tezkor amalga oshirishiga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Inklyuziv ta’lim — teng imkoniyatlar garovi

Har bir bola sifatli ta’lim-tarbiya olish va o‘z qobiliyatini...

Qulaylik yaratildi

Aholiga sifatli va tezkor veterinariya xizmatlarini ko‘rsatishda mutaxassislarning zarur...

Mehnat ortidan farovon hayot

Mehnat — farovonlik va baraka manbai. Buni nafaqada bo‘lishiga...

Shahnoza Haydarova — Osiyo chempioni

O‘zbekiston yoshlar sportida yana bir yorqin natija! Osiyo chempionatida...
KunTun
KunTun